Turkiya Ichki ishlar vazirligi rahbari Ali Erlikay AQSh va Buyuk Britaniyada amalda bo‘lgan migratsiya nazorati tizimini joriy etish rejasini ma’lum qildi, deb yozadi “vc.ru” nashri.
“Kelajakda mamlakatga kiruvchi xorijliklarning barmoq izlari olinadi”, — degan vazir, biroq u tashabbusning tafsilotlari va uni amalga oshirish muddatlarini aytmadi.
2023-yil oktabr oyida Turkiya ko‘chmas mulk sotib olgandan keyin yashash uchun ruxsat olish uchun talablarni kuchaytirdi.
Bunda hujjatlarni rasmiylashtirish uchun mulkning minimal qiymati $50−70 mingdan $200 minggacha oshdi.
Noyabr oyida mamlakatda 100 kun yoki undan kam muddatga ijaraga berish qoidalari ham kuchaytirildi.
Avvalroq Turkiya Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejimni bekor qilgani haqida xabar berilgandi. Bu bo‘yicha prezident Rajab Toyyib Erdog‘an qarori qabul qilindi.
Keyinchalik Tojikiston Turkiya fuqarolari uchun viza rejimini joriy qilishni ma’lum qildi.
20-apreldan Turkiya umumiy fuqarolik pasportlari egalariga nisbatan viza rejimi qo‘llaniladi.
Avvalroq “Spot” Turkiyada “Telegram” bloklanishi mumkinligi haqida yozgandi.
Messenjerning mamlakatda bloklanishiga qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi va giyohvand moddalarni sotuvchi kanallarni o‘chirish haqidagi ogohlantirishlarga eʼtibor bermaslik sabab qilib ko‘rsatilmoqda.