O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Fuqarolar mamlakatda elektrik va payvandchilik bo‘yicha ishlarda ishlashlari mumkin. Oylik maosh 2400 yevrodan boshlanadi.
Ish haftasiga 40 soat (5/2)ni, sinov muddati esa 6 oyni tashkil etadi.
Nomzodlar 18−40 yosh oralig‘ida, kollej, texnikum yoki OTM diplomi, kamida 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishi kerak. Shuningdek, nemis tilini B1 darajada bilish ham talab etiladi.
Qabul qilinganlarga chipta xarajatlari qoplab beriladi. Sinov muddati o‘tgandan keyin oila a’zolarni ham olib ketish mumkin bo‘ladi. Ishchilar bilan uzoq yillik mehnat shartnomasi tuziladi.
Nomzodlar quyidagi havolalar orqali har bir soha uchun alohida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin:
Batafsil ma’lumotlarni bu yerdan olish mumkin. Talabga javob beradigan nomzodlar bilan ikki hafta ichida bog‘laniladi.
Avvalroq o‘zbekistonlik yuk tashuvchi va avtobus haydovchilari Slovakiyaga ishga jalb qilinishi haqida xabar berilgandi.