IT Park University UZBMB (DTM) imtihonidan o‘tgan abituriyentlar uchun o‘z eshiklarini ochmoqda. Imtihonni topshirib, quyidagi natijalarga erishgan abituriyentlar endi imtihonlarsiz kirish imkoniyatiga ega:

  • matematika — 10 ta to‘g‘ri javobdan boshlab;
  • ingliz tili — 20 ta to‘g‘ri javobdan boshlab.

Hozirda IT Park University`ga kirish uchun ariza topshirish muddati tugashiga atigi bir oy qoldi. Bu esayuqori texnologiyalar va xalqaro karera imkoniyatlari olamiga kirish uchun qulay fursatdir.

Universitet global IT-gigantlar bilan yaqin hamkorlikda ekanini va bu talabalariga yetakchi jahon hamda mahalliy kompaniyalarda haqiqiy ish tajribasini olish imkonini berishini ta’kidladi.

it park university, reklama

IT Park University 2022-yilda prezident Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan va Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 1-iyundagi 297-sonli “IT Park University raqamli universitetini tashkil etish to‘g‘risida"gi qarori asosida tashkil etilgan.

IT Park va EPAM IT-kompaniyasi universitet asoschilaridir. Universitet dasturi zamonaviy va talabgir IT-sohasidagi kasblarni o‘zlashtirishga qaratilgan. Ta’lim jarayoni asosan onlayn formatda, ya’ni gibrid shaklda olib boriladi. Bu esa mamlakatning barcha hududlaridagi talabalarga mutaxassislik va davlat namunasidagi diplom olish imkoniyatini beradi.

“IT Park University o‘zining global kompaniya — EPAM bilan hamkorligi sababli noyobdir. Bu yerda ta’lim nafaqat nazariya, balki yetakchi mutaxassislar rahbarligidagi amaliyotni ham ta’minlaydi. Ushbu universitet sizning kelajagingiz uchun katta imkoniyatlarni ochib beradi, jahon standartlariga mos keladigan ta’lim va real karera istiqbollarini taqdim etadi”, — dedi Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Xotamovich Shermatov.

Talabalar xalqaro amaliyotlardan o‘tadilar, universitet bitiruvchilari esa allaqachon yirik IT-kompaniyalarda ishlab muvaffaqiyatli startaplar yaratishmoqda. Ta’limning amaliyotga yo‘naltirilgan yondashuvi va sanoat bilan yaqin aloqalar tufayli, talabalar kareralarini muvaffaqiyatli boshlash uchun barcha zarur ko‘nikmalarga ega bo‘lmoqdalar.

it park university, reklama

IT Park University saytida kirish imtihonlariga ariza topshirib, innovatsion jamoaning bir qismiga aylanish mumkin.

Telefon: (+998) 55−503−99−99.

Instagram: @itpu_uz
Telegram boti: t.me/ITPU_bot

Reklama huquqlari asosida.