“TikTok” 32tagacha foydalanuvchini qo‘llab-quvvatlaydigan yangi guruh suhbati funksiyasini qo‘shdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.

Shuningdek, platformada stikerlar ham paydo bo‘ldi va ularni 18 yoshdan oshgan foydalanuvchilar yaratishi va yuklab olishi mumkin.

Guruh suhbatini boshlash uchun “Kiruvchi” bo‘limini tanlash, so‘ng “Chat"ga o‘tish, guruh yaratish uchun do‘stlarni tanlash va “Guruh suhbatini boshlash” tugmasini bosish kerak.

16 yoshdan oshgan foydalanuvchilar guruh suhbatlarini boshlashlari, videolarga havolalar alohida ilovani ochmasdan yuborilishi mumkin.

O‘zaro obunachidan taklifnoma olgandan so‘ng guruh suhbatiga qo‘shilish mumkin. O‘zlariga xabar qoldirishni taqiqlaganlar guruh chatlariga qo‘shila olmaydi.

Agar guruh suhbati o‘smir tomonidan yaratilgan bo‘lsa, u holda unga qo‘shilishni istaganlarni qo‘lda ko‘rib chiqishi va tasdiqlashi kerak bo‘ladi.

Bundan tashqari, 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlar, agar guruh chatida kamida bitta foydalanuvchi uni kuzatib borayotgan bo‘lsa, unga qo‘shila oladi.


Avvalroq “Spot” “TikTok” sun’iy intellektli dublyaj va raqamli avatarlarni taqdim etgani haqida yozgandi. Bu vositalar orqali foydalanuvchilar reklama videolarini yaratishi mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, “TikTok” yangi qidiruv imkoniyatlariga ega bo‘lishi haqida xabar berilgandi.

Buning uchun ishlab chiquvchilar neyron tarmoq imkoniyatlarini qo‘shadi. ChatGPT foydalanuvchilarga ko‘proq foydali ma’lumotlarni olishga yordam beradi.