O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oyana shdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 658 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 7 so‘m 95 tiyinga oshdi.

Bungacha dollar kursi 15-avgust, 14-avgust, 8-avgust, 7-avgust, 6-avgust, 5-avgust, 2-avgust va 1-avgust kunlari oshgandi. 15-may kuni dollar kursi rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.

Avvalroq Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5% bandga pasaytirib, yillik 13,5% darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.