Oltinning global narxi ayni paytda troya unsiyasi uchun $2490 bo‘lib turibdi.

Xabar nashr qilinayoygan vaqtda “Trading Economics"da oltin narxi $2489,5ni tashkil qildi.

oltin narxi

O‘zbekiston Markaziy bankining 16-avgust kuni bo‘yicha bergan ma’lumotida oltin quymalarning 1 grammi uchun narx 1 mln 26 ming 800 so‘mgacha yuqoriladi.

Regulyator tomonidan oltin quymalari bo‘yicha taqdim qilingan ma’lumotga ko‘ra:

  • 5 gramm o‘lchovli oltin quyma narxi 5 mln 134 ming so‘m;
  • 10 gramm oltin quyma narxi 10 mln 267 ming som;
  • 20 gramm oltin quyma narxi 20 mln 535 ming so‘m;
  • 50 gramm oltin quyma narxi 51 mln 336 ming so‘mni tashkil qiladi.

Avvalroq “Spot” O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari $1 mlrdga ko‘paygani haqida yozgandi.

Xorijiy valyutadagi aktivlar miqdori kamayishda davom etmoqda. Xususan, o‘tgan oyda valyuta zaxiralari $781,5 mln kamayish bilan $7,68 mlrd bo‘lgan.

Biroq, oltin zaxiralari qiymati o‘tgan oyga nisbatan $1,83 mlrdga oshib, $29,15 mlrdni tashkil etdi.