“Google” 9-sentabrdan boshlab Rossiyada “BigQuery” bulutli xizmatini o‘chirib qo‘yadi, deya xabar bermoqda “TACC” nashri.

Bulutli xizmatning o‘chirirlishi haqida foydalanuvchilar tegishli bildirishnomalarni olgan.

“Softline” IT kompaniyasi boshqa bulutli xizmatlar — “Google Workspace” (elektron pochta, Docs, Sheets, Slides, Drive va hokazo xizmatlarini o‘z ichiga oladi) va “Google Cloud” — ishlashda davom etishini ta’kidladi.

“BigQuery” — bu sun’iy intellekt yordamida ishlaydigan katta hajmdagi ma’lumotlarni saqlash va tahlil qilish uchun platforma hisoblanadi.

Avvalroq “Google” o‘ziga tegishli “YouTube” videoxosting saytida rossiyalik blogerlar uchun monetizatsiyani butunlay o‘chirayotgani haqida xabar berilgandi.

Bu haqda kompaniya Rossiyadagi xizmat foydalanuvchilariga yo‘llagan maktubida ma’lum qildi.

“Biz Rossiya bo‘lgan barcha „AdSense“ hisoblarini o‘chirib qo‘yamiz. Bu shuni anglatadiki, siz bunday hisoblar orqali monetizatsiyadan daromad ololmaysiz”, — deyiladi “Google Payments” xabarnomasida.

Kompaniyaning aniqlik kiritishicha, agar hisob to‘lovlarni qabul qilish to‘xtatilmasa va to‘lov chegaralariga erishilmasa, blogerlarning iyul oyidagi daromadlari 21−26 avgust kunlari to‘lanadi.

Shunday qilib, veb-sayt egalari va “YouTube” blogerlari, ularning saytiga qaysi davlatdan tashrif buyurganligidan yoki videoxosting saytida video ko‘rishidan qat’i nazar, monetizatsiyadan mahrum bo‘ladi.

2022-yil mart oyida “YouTube” rossiyalik foydalanuvchilar uchun videoxostingning barcha monetizatsiya funksiyalarini to‘xtatib qo‘ydi.

Bundan tashqari, “Premium” va “Premium Music” obunalari, shuningdek, homiylik, super chat, super stikerlar va tovarlar Rossiyadan foydalanuvchilar uchun mavjud emas.

Keyin Rossiyadagi “YouTube” foydalanuvchilari reklama ko‘rishni to‘xtatdilar va rus kontent yaratuvchilari daromadning katta qismini olishni to‘xtatdilar.

Biroq, tomoshabin Rossiyada bo‘lmagan yoki VPN yoqilgan bo‘lsa, reklamalarni ko‘rishi mumkin edi. Bu holatda, videosi chet eldan tomosha qilingan rossiyalik “YouTube"blogerii reklama ko‘rsatish uchun pul olgan.


12-iyul kuni “Rostelekom” Rossiyada “YouTube"ning ishlashi yomonlashishi mumkinligini e’lon qildi.

Sababi, “Google” kompaniyasiga tegishli bo‘lgan va “YouTube"ni boshqarishda foydalanilgan uskunaning ishlashida kuzatilgan texnik nosozliklardir.

26-iyul kuni Rossiya Davlat dumasi deputati Aleksandr Xinshteyn Rossiyada “YouTube” tezligi kelasi hafta oxirigacha 70%ga tushishi haqida ma’lum qildi.

Ushbu chora faqat ish stoli versiyalari uchun ta’sir qilib, mobil qurilmalarda platforma odatdagiday ishlashda davom etishi xabar berildi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi O‘zbekistonda “Youtube” videoxostingi faoliyatidagi uzilishlar haqidagi xabarlarni rad etdi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlardagi mahalliy foydalanuvchilar “Youtube"ning yomon ishlashi, jumladan, videolarning sekin yuklanishi haqida shikoyat qilishmoqda. Bir nechta “Spot” jurnalistlari ham xizmatdan foydalanishda xuddi shunday muammoga duch kelishdi.

Raqamli texnologiyalar vazirligi matbuot xizmati “Spot"ga “YouTube” “me'yorida” ishlayotganini bildirdi. Bundan tashqari, Rossiyada videoxosting tezligining sekinlashishi bilan bog‘liq vaziyat O‘zbekistonga “hech qanday ta’sir qilmaydi”, deya ta’kidlandi.

“Agar „YouTube“ bir davlatda sekinlashsa, bu O‘zbekistonda ham sekinlashadi, degani emas, ya’ni bir davlatga bog‘lanib qolinmagan”, — dedi Sherzod Axmatov.


Avvalroq “Spot” Rossiyada “YouTube"ning yangi analogi taqdim etilgani haqida yozgandi.

U “Platforma” deb nomlanib, “YouTube” interfeysini to‘liq takrorlaydi va mahalliy videolarni taklif qiladi.