Toshkentdan viloyatlararo-shaharlararo yo‘nalishlarda 5ta yangi qatnovlar yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu haqda Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan “Uzautotrans Service” korxonasi:

  • 17-avgust kunidan Toshkent — Shahrisabz — Kitob, Toshkent — Yangiyer yo‘nalishida;
  • 22-avgustdan Toshkent — Qarshi — Koson, Toshkent — G‘uzor — Qamashi yo‘nalishida;
  • 23-avgust kunidan esa Toshkent — Boysun yo‘nalishida muntazam avtobus qatnovlarini amalga oshirishni boshlaydi.

Qatnov jadvali va chipta narxlari bilan “Toshkent” avtovokzali hamda “Uzautotrans Service” korxonasining ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida tanishing.

Yo‘lovchilar borish va qaytish chiptalari elektron tarzda avtoticket.uz sayti hamda ATTO, UzBUS mobil ilovalari orqali sotib olish mumkin.


Avvalroq “Spot” joriy yilda 10ta yangi xalqaro avtobus yo‘nalishi ochilishi haqida yozgandi.

Transport vazirligi yil davomida O‘zbekistonning to‘rtta shahridan Bishkek, Ostona, Turkiston, Dushanbe, Ufa hamda Krasnodarga harakatni boshlaydi.