Oliy Majlis Senatining 55-yalpi majlisida Xalqaro mehnat tashkilotining To‘liqsiz ish vaqti sharoitlarida ishlash to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qilish haqidagi qonunni ma’qullandi. Bu haqda Senat matbout xizmati xabar berdi.
Konvensiya 1994-yilda Jenevada qabul qilingan. U 20ta davlat, jumladan Avstraliya, Finlyandiya, Rossiya va Qozog‘iston tomonidan ratifikatsiya qilingan.
Hujjat to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlovchi ishchilar uchun mehnat sharoitlarini ta’minlash, ularni mehnatga haq to‘lash va ijtimoiy ta’minot sohasidagi kamsitishdan himoyalashga qaratilgan.
Senatorlar O‘zbekistonning mazkur kelishuvga qo‘shilishi xalqaro mehnat standartlarini joriy etishga xizmat qilishini ta’kidladilar. Shu bilan birga, hujjat qo‘shimcha kafolat hamda mehnatni muhofaza qilish milliy tizimini yaratishga turtki beradi.
Konvensiya qoidalari to‘liqsiz ish vaqti sharoitida ishlaydigan barcha shaxslarga nisbatan qo‘llaniladi. Ularning to‘liq ish vaqtida ishlaydiganlar bilan bir xil haq-huquq hamda ijtimoiy himoyaga ega bo‘lishi lozimligi qayd etildi.
Joriy yilning fevral oyida Xalqaro mehnat tashkilotining ish haqini himoya qilish to‘g‘risidagi konvensiyasini ratifikatsiya qiluvchi qonun ma’qullangandi. Undan keyin, mart oyida prezident tomonidan mazkur qonun qabul qilindi.