“Tatler” jurnali “Tatler Kazakhstan"ning ishga tushirilgani va uning Markaziy Osiyo va turkiy mamlakatlardagi faoliyati kengaygani haqida e’lon qildi. Bu haqda nashr matbuot xizmati xabar berdi.

Nashr Qozog‘iston, Turkiya, Ozarbayjon va O‘zbekistonda chop etiladi. “Tatler Kazakhstan” jurnalining birinchi soni 2024-yil dekabr oyida chiqadi.

“Tatler"ning bosma va elektron versiyalari O‘zbekiston va mintaqaning boshqa mamlakatlarida 2025-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan.

“Tatler Kazakhstan"ning boshqaruvchi direktori etib aloqa sohasidagi mutaxassis va o‘z agentligining asoschisi Marina Gazizova-Yakovleva tayinlandi. Muharrir ilgari “GQ” va “Forbes"ni boshqargan Nikolay Uskov bo‘ladi.

Loyiha qozog‘istonlik milliarder va Freedom Holding Corp asoschisi Timur Turlov bilan eksklyuziv hamkorlik doirasida amalga oshirilmoqda. Tadbirkor “Tatler"ning ushbu mamlakatlardagi kuzatuv kengashini ham boshqaradi.

“Dunyoning eng obro‘li nashrlaridan biri bo‘lgan „Tatler“ bizning jamoani tanlab, turk dunyosining to‘rtta davlatida boshqaruvni bizga ishonib topshirganidan faxrlanamiz. Bu qaror qozog‘istonliklarning yuqori malakasi va mintaqa media sohasida yetakchilik qilishga tayyorligini tasdiqlaydi”, — dedi Turlov.


Avvalroq “Spot” O‘zbekistonda “ELLE” jurnali nashr etilishi haqida yozgandi.

Nashrning raqamli versiyasi iyun oyida, bosma versiyasi esa sentyabrda ishlab chiqarila boshlaydi.