O‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Bandlik vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Fuqarolar mamlakatda hamshiralik bo‘yicha ishlarda ishlashlari mumkin. Ish haqi — 2500 yevro.

Ish haftasiga 40 soat (5/2)ni, sinov muddati esa 3 oyni tashkil etadi.

Nomzodlar 18−39 yosh oralig‘ida, 1 yillik ish stajiga ega bo‘lishlari kerak. Shu bilan birga, hamshiralik, davolash ishi hamda feldsherlik yo‘nalishida kollej yoki texnokum diplomi talab qilinadi.

Dasturda ishtirok etish xohlovchi nomzodlar havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

20 kun ichida nomzodlar bilan bog‘lanilib, suhbat o‘tkaziladi. Undan muvaffaqiyatli o‘tganlar esa 10 oy davomida nemis tiliga o‘qitiladi. Barcha jarayon qatnashuvchilar uchun bepul.

Shundan keyin talablarga javob bergan hamshiralar o‘qitish dasturiga qabul qilinadi. Buning uchun eda ular Germaniya klinikalari ish beruvchilari tomonidan tanlab olinishi lozim.

Batafsil ma’lumotlar bu yerda.


Avvalroq elektrik va payvandchilar Germaniyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi.