Avvalroq oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilingandi.
Natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlar apellyatsiya arizalarini my.uzbmb.uz sayti orqali berishlari mumkin. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Arizalar shaxsiy kabineti orqali onlayn tarzda 18-avgustdan 27-avgustga qadar (10 kun davomida) qabul qilinadi.
Abituriyent apellyatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.
Abituriyentga apellyatsiyani ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi. Unda belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat va xabarnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi kerak.
Apellyatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqish 2024-yilning 22-avgustidan boshlanadi.
Joriy yilda 805 688 nafar abituriyentning 740 352 nafari imtihonlarda ishtirok etdi. 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,%i 56,7dan yuqori ball to‘plab, tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.