2024−2025-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi. Bu haqda Bilimni baholash agentligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tanlov natijalarini 4 xil usulda bilish mumkin.

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

mandat.uzbmb.uz saytiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

  • SMS-xabarnoma xizmati orqali:

5100 raqamiga abituriyentning ID-raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS-xabarnoma yuboriladi (xizmat pullik).

  • Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

2024/2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish 5-iyun kuni boshlanib, 25-iyun kuni yakunlandi. Bunda jami 894 279 nafar abituriyent ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, shundan 88 591 nafarining arizasi qabul qilinmadi. Kasbiy (ijodiy) imtihonlar 5-iyuldan boshlanib, 19-iyulgacha davom etdi.

Imtihonlar 14-iyuldan boshlanib, 26-iyulgacha davom etdi. Joriy o‘quv yilida davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyili asosida o‘tkazildi.

805 688 nafar abituriyentning 740 352 nafari imtihonlarda ishtirok etdi. 418 ming nafardan ortig‘i yoki 56,%i 56,7dan yuqori ball to‘plab, tanlovda ishtirok etish huquqiga ega bo‘ldi.

27-iyuldan 10-avgustgacha OTM va ta’lim yo‘nalishlarini tanlash jarayoni davom etdi. Bunda abituriyent test topshirgan fanlar majmuasi va ta’lim tiliga mos 5tagacha OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlashi kerak edi.