2023-yilda “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi o‘z foydasini qariyb 40%ga oshirdi, deyiladi Yagona korporativ axborot portalidagi hisobotda.

O‘tgan yil yakuniga ko‘ra aviakompaniya aktivlari yillik hisobda 1%ga (17,84 trln so‘m), yalpi foydasi esa 26%ga (2,24 trln so‘m) kamaydi. Shu bilan birga, sof tushum 19%ga oshib, 14,6 trln so‘mdan oshdi.

Taqsimlanmagan foyda bo‘yicha yo‘qotish 2,56 baravarga — 384,7 mlrd so‘mdan 149,9 mlrd so‘mga kamaydi.

Sof foyda 2022-yilning shu davriga nisbatan 39,5%ga oshib, 410,5 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Bundan tashqari, “Uzbkeistan Airways” aviakompaniyasining narxi uchdan bir qismga — 12,36 trln so‘mgacha oshgan.

Shu bilan birga, xarajatlar ikki baravar (785 mlrd so‘m), boshqa operatsion xarajatlar esa 3 barobar (398,1 mlrd so‘m) kamaydi.

Yilning birinchi yarmida “Uzbekistan Airways” o‘z foydasini 5,4 barobarga — 7,6 trln so‘mgacha oshirdi.

Milliy aviatashuvchining operatsion xarajatlarining o‘sishi valyuta kurslari bo‘yicha yo‘qotishlarning pasayishi hisobiga qoplandi.


Avvalroq “Spot” “TBC Bank Uzbekistan"ning birinchi yarim yillikdagi foydasi 80%dan oshgani haiqda yozgandi.

Joriy yilning birinchi yarmidagi sof foyda 110 mlrd so‘mni, kredit portfeli esa 5 trln so‘mni tashkil etdi.