1-sentabrdan pensiya va nafaqalar miqdori qanchaga oshiriladi?
Xususan, ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi nogironlik pensiyasining eng kam miqdori 920 ming so‘mni, boquvchisini yo‘qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a’zosiga beriladigan pensiya miqdori esa 745 ming so‘mni tashkil etadi.
O‘zbekiston banklari olti oyda qancha foyda ko‘rdi?
Eng daromadli bank 944,5 mlrd so‘m bilan O‘zmilliybank bo‘ldi. Undan keyingi o‘rinlarda O‘zsanoatqurilishbank hamda Ipak Yo‘li banki turibdi
Hamster Kombat o‘ynab pul topish qanchalar haqiqat?
Hozirda mazkur o‘yin orqali to‘plangan hisob birliklari kripto-aktiv hisoblanmaydi. Ular blokcheynga o‘tgandagina, kriptovalyutaga aylanishi mumkin.
Yarim yilda O‘zbekistondagi to‘lov tashkilotlari qancha foyda ko‘rdi?
Eng daromadli to‘lov tashkiloti 137,2 mlrd so‘m bilan Paynet bo‘ldi. Biroz farq bilan esa Uzum Nasiya ikkinchi pog‘onani egalladi. Bundan tashqari, Zplat to‘lov tizimi 1,1 trln so‘m zarar ko‘rgan.
Aholiga tushuntirish muhim — ekspertlar kafolatlangan omonatlarning cheklanishi haqida
Markaziy bank omonatlarni kafolatlash chegarasini bir bankda bir omonatchiga 200 mln so‘m qilib belgilashni rejalashtirmoqda. Spot suhbatdoshlari regulyator tashabbusini qo‘llab-quvvatlashdi, biroq, yuqori chegarani oshirishni taklif qilishdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Hududiy elektr tarmoqlari HET Billing mobil ilovasini ishga tushirdi.
Unda to‘lovlar, kunlik va oylik elektr energiyasi iste’moliga oid ma’lumotlar bo‘ladi. - Saudiya Arabistonida $500 mlrdlik tog‘-chang‘i kurorti qurilmoqda.
Qurilish ishlari 2026-yilga qadar yakunlanishi va 2029-yilda qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. - 1-sentabrdan til sertifikatini olishdagi o‘qish xarajatlari uchun kompensatsiya beriladi.
Shuningdek, ingliz, nemis, fransuz, koreys, xitoy va yapon tillaridan to‘planishi lozim bo‘lgan ballning minimal ko‘rsatkichi pasaytiriladi. - O‘zbekistonda oilalar sariq, qizil va yashil toifalarga ajratiladi.
Kambag‘allik darajasi eng yuqori bo‘lgan mahallalarga investitsiya dasturi doirasida 500 mlrd so‘m ajratiladi. Oilani kambag‘allikdan chiqarish rejasini ishlab chiqishda integratsiyalashgan xizmatlar tashkil etiladi. - Turkmanistondagi yagona uyali aloqa operatori SIM-kartalarni sotishni to‘xtatdi — OAV.
Qayd etilishicha, bu holat kompaniyaning yangi SIM-kartalar sonini ko‘paytirish uchun texnik imkoniyati yo‘qligi bilan izohlanmoqda. - Pokiston O‘zbekiston va yana 125 mamlakat uchun soddalashtirilgan viza rejimini joriy qildi.
Qayd etilishicha, ushbu davlatlar uchun viza to‘lovi bekor qilinib, ariza berish jarayoni ancha soddalashtirilgan. - Senat ayrim keksalarga jamoat transportidan bepul foydalanish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladi.
O‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lganlardan ID-karta yoki biometrik pasportni almashtirishda to‘lov undirilmaydi. - Mandat e’lon qilindi. Natijalarni qanday bilish mumkin?
Tanlov natijalarini to‘rt xil usulda bilish mumkin. - Telegramda navbatdagi yangilanishlar taqdim etildi.
Xususan, super kanallar, yulduzli reaksiyalar va obunalar hamda boshqa imkoniyatlar paydo bo‘ldi. - 18-avgustdan kollej va texnikumlarga tanlov boshlanadi.
Test sinovlarida ishtirok etib, OTMga kira olmagan abituriyentlar 27-avgustgacha professional ta’lim muassasalariga tanlovda ishtirok etishlari mumkin.
Hamkorlarimizdan yangiliklar, foydali aksiyalar va takliflar
UZBMB (DTM) testi natijalari bilan IT Park University`ga kirish imkoniyati paydo bo‘ldi
IT Park universiteti amaliyotga e’tibor qaratgan holda gibrid ta’limni va jahon IT-kompaniyalari bilan hamkorlikni taklif qilib, UZBMB (DTM) testi natijalari asosida imtihonsiz talabalikka qabul qiladi.
Click I-REC sertifikatini olgan birinchi to‘lov kompaniyasi bo‘ldi
I-REC yashil sertifikatlari Click muqobil energiya ishlab chiqaruvchi korxonalar rivojlanishiga investitsiya qilganini anglatadi.
Optimo bilan birga biznesni rivojlantirish mumkin
Do‘konga Optimo do‘kon dasturiy taʼminotini o‘rnatib, savdo va xaridlarni kuzatib borish hamda doimo omborda qancha mahsulot borligini bilish mumkin.