“O‘zbekiston temir yo‘llari” Samarqandga qo‘shimcha yo‘lovchi poyezdlar harakatini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbout xizmati xabar bermoqda.
Qo‘shimcha qatnov 26−30 avgust kunlari Samarqand shahrida “Sharq taronalari XIII xalqaro musiqa festivali” o‘tkazilishi va Mustaqillik bayrami munosabati bilan yo‘lovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qo‘yilmoqda.
775/776-sonli Samarqand-Toshkent-Samarqand yo‘nalishidagi “Afrosiyob” elektropoyezdining qo‘shimcha qatnovi 25-avgustdan 3-sentabrgacha harakatlanadi.
Poyezd jadvali quyidagicha:
775-sonli Samarqand-Toshkent yo‘nalishi
- Samarqand 11:11 — Toshkent 13:26;
776-sonli Toshkent-Samarqand yo‘nalishi
- Toshkent 13:51 — Samarqand 16:05.
Chiptalarni temir yo‘l chiptaxonalaridan hamda havola orqali onlayn xarid qilish mumkin.
Avvalroq “Uzbekistan Airways” hamda “Silk Avia” aviakompaniyalari Mustaqillik bayrami munosabati bilan ichki qatnovlarga chegirma e’lon qilgani haqida xabar berilgandi.