Amsterdam ma’muriyati shahar rasmiylari uchun “Telegram” messenjeridan foydalanishni taqiqlashni joriy qildi. Bu haqda “Volkskrant” nashri xabar berdi.
Taqiqlashning asosiy sabablari sifatida josuslikning potentsial xavfi va jinoyatchilar tomonidan ilovadan faol foydalanish, xususan, giyohvand moddalar savdosi ko‘rsatilmoqda.
Taqiqlash to‘g‘risidagi qaror aprel oyida qabul qilingan, ammo ommaga e’lon qilinmagan.
Shahar meriyasi “Telegram"ning xavfsizlikka tahdid solishi mumkin bo‘lgan Rossiya hukumati bilan ehtimoliy aloqalaridan xavotir bildirdi.
Taqiq amaldorlarning ish telefonlariga tegishli. Shu bilan birga, “Telegram” Niderlandiyada mashhurligicha qolmoqda, u yerda undan 1,9 ,lmga yaqin kishi foydalanadi.
Kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar “Telegram"da standart boshidan oxirigacha shifrlashning yo‘qligiga ishora qilib, bu chorani asosli deb hisoblamoqda.
“Telegram” endi “TikTok” va “WeChat” bilan birgalikda ilovalarning “qora ro‘yxati"ga kiritilgan.
“Offlimits” va “Stichting Stop Bangalijsten” notijorat tashkilotlari Yevrokomissiya rasmiylarining harakatsizligini “tushunib bo‘lmaydigan” deb hisoblab, “Telegram"da zararli kontent tarqalishiga qarshi chora ko‘rishga chaqirmoqda.
Avvalroq “Spot” Turkiyada “Telegram” bloklanishi mumkinligi haqida yozgandi.
Messenjerning mamlakatda bloklanishiga qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi va giyohvand moddalarni sotuvchi kanallarni o‘chirish haqidagi ogohlantirishlarga eʼtibor bermaslik sabab qilib ko‘rsatilmoqda.