“Toyota” AQSh bozoridagi barcha avtomobillar qatorini gibrid modellarga almashtirishi mumkin. Bu haqda “Autohome” nashri xabar berdi.
Ushbu masala bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmagan, ammo brend bu harakatda sekinlashmaydi, chunki AQShda 2027-yilda yanada qattiqroq ekologik standartlar kuchga kiradi.
Shimoliy Amerika bozorida “Toyota"ning ko‘plab gibrid modellari kattaroq batareya quvvatiga ega bo‘lgan plagin gibridlaridan foydalanishi mumkin.
AQShda shu yilning mart oyida ifloslanish chegaralarining kamayishi e’lon qilingan edi. Yangi emissiya standartlari 2027-yildan joriy qilinadi va 2032-yilgacha davom etadi.
“Toyota"ning Shimoliy Amerika savdo va marketing bo‘limi boshlig‘i Devid Kristin aytishicha, kompaniya gibrid modellarni to‘liq hajmda ishlab chiqarish uchun oxirgi muddat belgilamagan.
Ba’zi modellar, masalan, pikaplar va boshlang‘ich darajadagi modellar iste’molchilar talabi tufayli ko‘proq vaqt talab qilishi mumkin.
Ma’lumotlarga ko‘ra, “Toyota” 2030-yilga kelib global savdosining 30%ini elektr transport vositalariga o‘tkazishni va yangi akkumulyatorlar hamda EV platformalariga $35 mlrd sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda.
Yangi platforma va dvigatelga asoslangan birinchi gibrid model 2026-yilda Xitoyda, 2027-yilda esa AQShda sotilishi kutilayotgan “Corolla” gibrid modeli bo‘lishi mumkin.
Avvalroq “Spot” “Toyota” AQShda 145 mingdan ortiq avtomobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga yon xavfsizlik yostiqchalari nosozligi sabab bo‘lgan.