“Apple” “AirPods 4” simsiz quloqchinlarining yangi modellarini ikkita versiyada chiqarishi mumkin. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.

Unga ko‘ra, birinchi versiyada faol shovqinni bekor qilish funksiyasi bo‘lsa, ikkinchi versiyada bunday funksiya bo‘lmaydi.

Qayd etilishicha, “AirPods 4” asosiy modeli “AirPods 2” o‘rnini, o‘rta darajadagi model esa “AirPods 3” o‘rnini egallaydi.

“AirPods 2” naushniklari 2019-yilda sotuvga chiqarilgan va hozirda $129ga sotilmoqda.

“AirPods 3” 2021-yilda taqdim etilgan — model naushniklar oyoqlarida sensorlar, fazoviy tovushni qo‘llab-quvvatlash va “Apple Watch” orqali quvvat olish imkoniyatini olgan. “AirPods 3” hozirda $179dan sotilmoqda.

Asosiy “AirPods 4” modelida simsiz zaryadlash bo‘lmasligi mumkin, o‘rta darajadagi model esa uni oladi.

Qurilmalar USB-C ulagichini qo‘llab-quvvatlaydi. “Apple” shuningdek, “AirPods 4” bilan bog‘liq bo‘lmagan “AirPods Pro 3” minigarnituralarini chiqaradi.


Avvalroq “Spot” “Apple” kamerali “AirPods"larni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, quloqchinlar infraqizil kameraga ega bo‘lib, Vision Pro va boshqa eshitish vositalari bilan integratsiya qilinadi.

Shuningdek, “Apple” ekranli “AirPods” g‘iloflarini chiqarishi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

G‘ilofning old tomonidagi sensorli ekran joriy trek, ijro navbati va batareya quvvati haqidagi ma’lumotlarni smartfondan foydalanmasdan ko‘rish imkonini beradi.