20-avgust kuni Toshkentning uchta tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Hududiy elektr tarmoqlari” Toshkent shahar filiali matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, quyidagi hududlardagi iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi:

  • Uchtepa tumani — “O‘rikzor” hamda “Zarafshon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 07:30dan 16:00gacha;
  • Yunusobod tumani — “Adolat”, “Billur”, “Qo‘shchinor” hamda “Registon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 10:00dan 13:00gacha;
  • Sergeli tumani — “Sultonobod”, “Xonobod”, “Xonobodtepa”, “Xontepa”, “Eshonbuloq”, “Nomdanak”, “Izzatli”, “Eski Jaloir”, “Ziyolilar”, “Ko‘hna Qumariq”, “Fayzli” hamda “Kengmakon” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00dan 18:00gacha;
  • Yangihayot tumani — “Xo‘ja Uchqun” hamda “Jaloir” MFYlarining ayrim hududlarida soat 08:00dan 18:00gacha, “Olmos” MFYning ayrim hududlarida soat 14:00dan 18:00gacha;

Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.

Energetika vazirligi O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilanganini ma’lum qildi. Xususan, 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr iste’moli 253,3 mln kVt/soatni tashkil etdi. Anomal harorat sabab, tizimli avariyalar va ommaviy uzilishlarning oldini olish uchun Toshkentda elektr energiyasi iste’moliga cheklovlar kiritildi.

Bu xabardan keyin ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik xabaridagi ma’lumotlar noto‘g‘ri talqin qilinib, kiritilgan cheklovlar haqidagi ma’lumot, elektr energiyasi o‘chirilishi mazmunida tarqaldi.