Saudiya Arabistonida sayyohlar va aholi uchun suv transporti konsepsiyasi — “Candela P-12” ekologik toza taksisini taqdim etildi.
“Candela P-12” konfiguratsiyasiga qarab 30tagacha yo‘lovchiga mo‘ljallangan va kompyuter tomonidan boshqariladigan gidrofoillarda suv ustida ko‘tariladi.
C-POD dvigatellari 25 uzelgacha (46,3 km/soat) tezlikka erishadi, 252 kVt/soat quvvatga ega akkumulyatorlar esa 2 soatdan ko‘proq ishlashga mo‘ljallangan.
Sinovlar shuni ko‘rsatdiki, P-12 bir xil o‘lchamdagi an’anaviy dizel kemasiga qaraganda 97,5% kamroq karbonat angidrid gazi chiqaradi.
“Neom” kompaniyasi vakillarining so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili kompaniya 8ta yo‘lovchi gidrofillari parkiga buyurtma bergan bo‘lib, ular kelajakda aholini tashiydi.
Va bu kuzda ular Stokgolmda jamoat transporti sifatida sinov debyut qilishlari kerak.
Avvalroq “Spot” Saudiya Arabistonida $500 mlrdlik tog‘-chang‘i kurorti qurilayotgani haqida yozgandi.
Qurilish ishlari 2026-yilga qadar yakunlanishi va 2029-yilda qishki Osiyo o‘yinlari bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.