“WhatsApp” messenjeri foydalanuvchilarga kontaktlarni tanlanganlarga qo‘shish imkonini beruvchi yangi funksiyani taqdim qiladi. Bu haqda “WABetainfo” portali xabar berdi.

Qayd etilishicha, funksiyani ilovaning iOS uchun yangi beta versiyasida sinab ko‘rish mumkin.

Foydalanuvchi kontaktlar va guruhlarni “Tanlanganlar"ga qo‘shishi mumkin va ular tezkor kirish uchun asosiy chat menyusida ko‘zga tashlanadi.

Shunga o‘xshash funksiya raqobatchi “Telegram” messenjerida ham mavjud, biroq “Telegram” “Tanlanganlar” chatiga individual xabarlarni qo‘shish imkoniyatiga ega. Bunday funksiya “WhatsApp"da hozircha mavjud emas.

Bundan oldin “WhatsApp” messenjeri standart xususiyat sifatida media-kontentni HD sifatda yuborishga ruxsat bergan edi.

Ilova shuningdek, fayllarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qurilmalar o‘rtasida tez uzatishni sinab ko‘rmoqda.


Avvalroq “Spot” “WhatsApp beta-versiyasida xabarlarni tarjima qilish funksiyasini qo‘shgani haqida yozgandi.

Hozirda funksiya ingliz, rus, arab, ispan, portugal (Braziliya) va hind tillarini qo‘llab-quvvatlaydi.