O‘zbekistonliklar Latviyaga yuk avtomobillariga texnik xizmat ko‘rsatish mexanigi ishiga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbout xizmati xabar berdi.
Ish haqi dastlabki 3 oyda 1000 yevroni, ish esa haftada 36 soatni (¾) tashkil etadi.
Nomzodlar 25−40 yoshda, rus yoki ingliz tilini bilishi, soha bo‘yicha kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi kerak.
Shuningdek, quyidagi ko‘nikmalar talab etiladi:
- og‘ir yuk tashuvchi avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qo‘llanmalardan foydalanish;
- yuk avtomobil qismlari va kuzovi bilan ishlash;
- og‘ir yuk tashuvchi avtomobil diagnostika uskunalaridan foydalanish.
Sug‘urta, hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Fuqaro hisobidan agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish, viza, aviachipta, ovqatlanish hamda yashash joyi ijarasi xarajatlari qoplanishi kerak.
Nomzodlar 23-avgust kuni soat 18:00gacha havola orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni bu yerdan yoki 71 202 33 55 (ichki raqam 17), 71 200 00 61 yokida 1282 qisqa raqamidan olish mumkin.
Avvalroq o‘zbekistonliklar Germaniyaga ishga taklif etilayotgani haqida xabar berilgandi. Unda hamshiralik, davolash ishi va feldsherlik yo‘nalishida diplomga ega nomzodlar ishtirok etishlari mumkin.