“BMW” AQShda 720 796ta avtomobilni chaqirib olishini ma’lum qildi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.
“Suv nasosidagi noto‘g‘ri muhrlangan elektr ulagichi suvga ta’sir qilishi va qisqa tutashuvga olib kelishi mumkin”, deyiladi AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabarida.
Qaytarib olish ba’zi krossoverlarni, jumladan “X1” va “X5"ni, shuningdek, 5-seriyaning ba’zi sedanlarini va boshqa modellarni qamrab oladi.
Dilerlar suv nasosi va ulagichni tekshiradi hamda almashtiradi, shuningdek, AQSh avtomobil xavfsizligi regulyatoriga ko‘ra, himoya qalqoni o‘rnatadi.
Boshqarma “BMW” mijozlarning 18ta shikoyati, xavotirlari yoki mahalliy hodisalaridan xabardorligini aytdi, ammo AQShda ushbu holatt bilan bog‘liq halokatlar yoki jarohatlar haqida hech qanday xabar olmagan.
Avvalroq “BMW” AQShda 390 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olishi haqida xabar bergandi.
Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga nuqsonli Takata xavfsizlik yostiqchalari sabab bo‘lgan.
Keyinchalik kompaniya starterning haddan tashqari qizib ketishi muammosi sababli AQShda 105 mingdan ortiq avtomobillarini qaytarib olishini ma’lum qildi.
Avvalroq “Spot” “Hyundai” AQShda 332 mingdan ortiq “Palisade” krossoverlarini qaytarib olishi mumkinligi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, avtomobillarning qaytarib olinishiga xavfsizlik kamarining nosozligi sabab qilib ko‘rsatilmoqda.