O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi oshdi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 645,01 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 19 so‘m 80 tiyinga oshdi.

Bungacha dollar kursi 16-avgust, 15-avgust, 14-avgust, 8-avgust, 7-avgust, 6-avgust, 5-avgust, 2-avgust va 1-avgust kunlari oshgandi. 15-may kuni dollar kursi rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etgandi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.

Avvalroq Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 0,5% bandga pasaytirib, yillik 13,5% darajasida belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilgandi.