Yetti oylik yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston gaz importini sezilarli darajada oshirdi. Bu “Spot” o‘rgangan Statistika agentligi ma’lumotlaridan kelib chiqadi.

Yanvar-iyul oylarida Turkmaniston va Rossiyadan ko‘k yoqilg‘i importi 4,9 barobarga oshib, $983,7 mlnga yetdi.

2023-yil oxirida O‘zbekiston tarixda birinchi marta gaz eksportchisidan import qiluvchi davlatga aylandi.

O‘tgan oyda Xitoyga tabiiy gaz eksporti 2,2 baravar kamaydi — iyun oyidagi $181,5 mlndan $81,7 mlngacha. Yil boshidan beri mamlakatga ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish $323,1 mlnni tashkil etdi, bu o‘tgan yilga 5,5%ga kam.

Biroq, Statistika agentligi ma’lumotlari Xitoy Bosh bojxona boshqarmasi ma’lumotlaridan biroz farq qiladi, unga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston $304,1 mlnlik gaz eksport qilgan, bu 2023-yildagiga deyarli teng.

Bundan tashqari, Xitoy bojxonasi iyul oyida O‘zbekistondan tabiiy gaz yetkazib berish sezilarli darajada kamayganini ma’lum qildi — iyun oyida $81,11 mlndan $69,1 mlngacha.

Xitoyga gaz eksporti bo‘yicha yetakchilikni yil boshidan beri $5,67 mlrdlik gaz yetkazib bergan Turkmaniston egallab turibdi. Ikkinchi o‘rinda gaz eksportini sezilarli darajada oshirmagan Rossiya ($4,69 mlrd) turgan bo‘lsa, undan keyin Myanma ($782,4 mln) va Qozog‘iston ($730,6 mln) turibdi.


Avvalrpq “Spot” tadbirkorlar uchun elektr va gaz iste’molining 20%gacha oshgan qismiga bazaviy tarif saqlanib qolinishi haqida yozgandi.

Tadbirkorlik reytingida yuqori va o‘rta toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi.