Jizzax viloyati Zomin tumanidagi dehqon xo‘jaligi elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Xususan, Zomin tumanidagi “S.R.” fermer xo‘jaligi rahbari X.N. xo‘jalikka tegishli yer maydonlarini sug‘orishga mo‘ljallangan suv nasosini tarmoqqa o‘rnatilgan hisobga olish uskunasini ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqi ta’sir ko‘rsatib ulab olgani aniqlandi.

Buning natijasida jami 1 mlrd 395 mln so‘mlik 622,6 ming kVt soat elektr energiyasini o‘g‘irlagan.

Mazkur holat yuzasidan “S.R.” fermer xo‘jaligi rahbari X.N. ga nisbatan JKning 169-moddasi, 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan.


Avvalroq “Spot” Farg‘onada 160 mln so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.

Qayd etilishicha, fuqaro umumiy ovqatlanish shoxobchasiga o‘rnatilgan elektr hisoblagich muhriga shikast yetkazib, ulanish sxemasiga o‘zgartirish kiritib olgani aniqlandi.