“Zoom” videokonferensaloqa xizmati bir vaqtning o‘zida 1 mlngacha ishtirokchi bilan vebinar o‘tkazish imkoniyatini qo‘shdi. Bu haqda “Kommersant” nashri xabar berdi.
Kompaniyaning ta’kidlashicha, bu saylov kampaniyalarini o‘tkazishda yordam beradi — avvalroq platforma bir vaqtning o‘zida yuz minglab odamlar ishtirokida AQSh vitse-prezidenti Kamala Xarrisning saylovoldi kampaniyasi uchun mablag‘ yig‘ish uchun videokonferensiyalar yaratishni boshlagan.
“Zoom” endi maksimal sig‘imi 10 mingdan 1 mln kishigacha bo‘lgan yirik tadbirlar uchun turli narxlash imkoniyatlarini taklif etadi. Ilgari platforma 100 ming kishigacha bo‘lgan konferensiyalarni qo‘llab-quvvatlagan.
Barcha ishtirokchilar uchun professional va muammosiz tajribani ta’minlash uchun “Zoom Event Services” jamoasi tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan har bir paketni bitta tadbir uchun sotib olish mumkin.
Qayd etilishicha, platformada 10 ming kishi uchun bitta vebinar narxi $9 mingni, 1 mln kishi uchun $100 mingni tashkil qiladi.
“Zoom” kompaniyasining fikricha, ko‘p sonli ishtirokchilar ishtirokidagi vebinarlar kelajakda hukumat, ko‘ngilochar va korporativ segmentlarda odatiy holga aylanadi.
Masalan, san’atkorlar va mashhurlar virtual tadbirlarni o‘tkazish va muxlislar bilan uchrashish uchun “Zoom"dan foydalanishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “Zoom” kompaniyasi 1300 nafar xodimni ishdan bo‘shatishi haqida yozgandi.
Kompaniya bosh direktori so‘zlariga ko‘ra, qisqartirishlar jahon iqtisodiyotidagi noaniqlik tufayli amalga oshirilmoqda.