“BMW” birinchi marta Yevropada elektromobillar savdosi bo‘yicha “Tesla"dan o‘zib ketdi. Bu haqda “Bloomberg” nashri xabar berdi.
Iyul oyida “BMW” Yevropa ittifoqida 14 869ta elektromobil (iyun oyidagiga nisbatan deyarli uchdan biriga ko‘p), “Tesla” esa 14 561 dona (minus 16%) elektromobil sotgan.
Nemis kompaniyasi muvaffaqiyatining asosiy sababi muvaffaqiyatli yangi “i4” va “iX1” modellari bo‘lsa, “Tesla” flagmani, lekin eskirgan “Model Y” sotuvi, aksincha, sekinlashmoqda.
Shunga qaramay, yillik taqqoslashda “Tesla"Yevropaa bozorida yetakchi bo‘lib qoladi. Yanvar oyidan beri u 180 mingga yaqin avtomobil sotdi. Uchinchi o‘rinda yil boshidan buyon elektromobillar savdosi 25%ga pasaygan “Volkswagen” joylashgan.
Bu pasayib borayotgan bozorda (yilga nisbatan minus 6%) xaridorlarga subsidiyalarning qaytarilishi va ikkilamchi bozorda elektromobilning qoldiq qiymatining pasayishi bilan bog‘liq xavotirlar tufayli sodir bo‘lmoqda.
Xitoy elektromobillarining Yevropa Ittifoqidagi savdosi iyul oyida 10%lik standart tarifga qo‘shimcha import tariflari kiritilgandan so‘ng 45%ga kamaydi.
Eng yuqori qo‘shimcha bojlar — 37% “SAIC” davlat konserniga, xitoylik “Tesla"ga esa atigi 9% qo‘yilgan.
Avvalroq “Spot” Yevropa Ittifoqi Xitoydan “Tesla” importiga 9%lik boj joriy qilmoqchi ekanligi haqida yozgandi.
Bu hali aniq qaror emas va rasmiylar oktabr oyi oxirigacha bozor ishtirokchilari bilan maslahatlashishni davom ettiradilar.