22-avgust kuni Toshkentning Olmazor tumanidagi ayrim hududlarda elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” matbuot xizmati xabar berdi.
Xususan, “Miskin” hamda “Guruchariq” MFYlarining ayrim hududlarida soat 14:00 dan 17:00 gacha iste’molchilarga elektr energiyasi vaqtincha yetkazib berilmaydi.
Mazkur hududlarda ta’mirlash ishlari belgilangan vaqtdan avvalroq yakunlanishi mumkinligi qayd etilgan.
Energetika vazirligi O‘zbekistonda soatlik va kunlik elektr energiyasi iste’moli rekordi yangilanganini ma’lum qildi.
Xususan, 26-iyul kuni yozgi maksimal sutkalik elektr iste’moli 253,3 mln kVt/soatni tashkil etdi. Anomal harorat sabab, tizimli avariyalar va ommaviy uzilishlarning oldini olish uchun Toshkentda elektr energiyasi iste’moliga cheklovlar kiritildi.
Bu xabardan keyin ijtimoiy tarmoqlarda vazirlik xabaridagi ma’lumotlar noto‘g‘ri talqin qilinib, kiritilgan cheklovlar haqidagi ma’lumot, elektr energiyasi o‘chirilishi mazmunida tarqaldi.
Avvalroq “Spot” Jizzaxda qariyb 1,4 mlrd so‘mlik elektr energiyasi talon-toroj qilingani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, fermer xo‘jaligi suv nasosini tarmoqqa o‘rnatilgan hisobga olish uskunasini ulanish sxemalarini o‘zgartirish yo‘li bilan tashqi ta’sir ko‘rsatib ulab olgani aniqlandi.