“Tashabbusli budjet"ning 2024-yilgi 2-mavsumi doirasida ovoz berish bosqichi boshlandi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Bunda ovoz berish jarayonlari joriy yilning 31-avgust kuni soat 23:59ga qadar davom etadi.
Fuqarolar o‘zlariga qulay bo‘lgan usullardan biri orqali ovoz berishlari mumkin.
Xususan, “Ochiq budjet” portalining veb-sahifasi, Telegramdagi rasmiy bot yordamida ovozlar qabul qilinadi.
Shu bilan birga, portalning Android va iOS uchun mobil ilovasini yuklab olish mumkin.
“Tashabbusli budjet” jarayonining joriy yilgi ikkinchi mavsumiga 6-iyuldan start berildi.
Mazkur mavsum uchun tuman va shahar budjetlari hisobidan 2 trln so‘mdan ortiq mablag‘ yo‘naltiriladi. Joriy yilda loyihalarning eng yuqori qiymati 1,36 mlrd so‘mni tashkil etadi.