Toshkentda o‘tkaziladigan “NASA Space Apps Challenge 2024” hakatoniga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda tadbir tashkilotchilari xabar berdi.

“NASA Space Apps Challenge” — bu AQShning “NASA” kosmik agentligi tomonidan tashkil qilingan global hakaton. Ishtirokchilar “NASA” ekspertlari tomonidan taklif etilgan haqiqiy muammolar ustida ishlashadi.

Hakaton joriy yilning 5−6-oktabr kunlari Toshkentda bo‘lib o‘tadi. Unda kosmos va dasturlashga qiziquvchi yoshlar jamoa shaklida bepul ishtirok etishlari mumkin.

Loyiha o‘z ichiga kosmonavtika va ma’lumotlarni qayta ishlash, geologiya, astronomiya hamda STEM yo‘nalishlarini qamrab oladi.

Dasturda ishtirok etish uchun global saytdan ro‘yxatdan o‘tish kerak. Undan keyin mahalliy tadbirga yozilish hamda ishtirok etish arizasini to‘ldirish talab etiladi. Jamoa tarkibida 6 nafargacha ishtirokchi bo‘lishi mumkin.

Arizalar joriy yilning 21-sentabrigacha havola orqali qabul qilinadi. Tanlovdan muvoffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar ro‘yxati 28-sentabr kuni e’lon qilinadi.

Batafsil ma’lumot bu yerda. Hakataon yuzasidan savollarga javobni “Telegram"dagi guruhdan olish mumkin.


Avvalroq Toshkentda o‘tkaziladigan “Cyberkent” musobaqasiga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.