“Silk Avia” aviakompaniyasi Buxoro-Urganch yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam qatnovlar yo‘lga qo‘yilishi haqida ma’lum qildi.
“ATR 72−600” samolyotlarida parvozlar haftada bir marta — shanba kunlari, 7-sentabrdan boshlab amalga oshiriladi.
Parvoz jadvali:
- Buxorodan jo‘nab ketish — 09:40, Urganchga yetib kelish — 10:55;
- Urganchdan uchish — 11:35, Buxoroga yetib kelish — 12:40.
Bir tomonlama aviachiptalar narxi 308 ming so‘mdan, Buxoro — Urganch — Buxoro yo‘nalishida esa 616 ming so‘mdan boshlanadi.
Chiptalarni aviatashuvchining silk-avia.com sayti va “Silk Avia” ilovasida xarid qilish mumkin.
Shuningdek, chiptalarni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining savdo filialida va xalqaro aeroportlarning chiptalar kassalarida ham olish mumkin.
Avvalroq “Spot” “Silk Avia” mahalliy yo‘nalishlar uchun 15% chegirma e’lon qilgani haqida yozgandi.
Chegirma 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga qilib, chiptalarni 9-avgustdan sotib olish mumkin bo‘ladi.