“Tesla” AQShda o‘zining 9000 dan ortiq “Model X” avtomobillarini qaytarib olishini e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” AQSh Milliy yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga (NHTSA) tayanib xabar berdi.
9136ta avtomobilga taalluqli bo‘lgan chaqirib olish kampaniyasiga tomning old va markaziy panellarining dekorativ elementlarini yopishtirish texnologiyasining buzilishi sabab bo‘lgan.
Bu kompaniyaning ushbu muammoni hal qilish uchun ikkinchi marta chaqirib olishi va yana 2016-yil boshida ishlab chiqarilgan avtomobillarga ta’sir qiladi.
2020-yilda ham xuddi shunday chaqiruv bo‘lgan, biroq Reuters ta’kidlaganidek, “Tesla” 4 yil oldin taklif qilingan yechim usuli ajralishi mumkin bo‘lgan elementlarni to‘liq aniqlay olmaganini aniqladi.
Avtomobil ishlab chiqaruvchisiga avtomobil egalaridan ushbu muammo bilan bog‘liq 170 ga yaqin xabar va shikoyatlar kelib tushgan, biroq hozircha bironta ham favqulodda holat qayd etilmagan.
“Tesla” ko‘pincha turli muammolar tufayli o‘z avtomobillarini qaytarib olishini e’lon qiladi. Biroq, ko‘pincha muammoli mashinani jismonan ta’mirlashdan ko‘ra, dasturiy ta’minotni yangilash haqida ma’lum qilinadi.
Bu safar “Tesla” chaqirib olingan mashinalarni tekinga ko‘zdan kechirishi, kerak bo‘lsa, tom yopish elementlarini almashtirishi kerak bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” “Tesla” 11 mingdan ortiq “Cybertruck” elektromobilini qaytarib olishi haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, qaytarib olishga kuzov qoplamasi va oyna tozalagichdagi muammolar sabab bo‘lgan.