Birinchi yarim yillik yakuniga ko‘ra, “UzAuto Motors” foydasi ikki-uch barobarga oshdi. Bu haqda Korporativ axborot yagona portalida keltirilgan.
Yanvar-iyun oylarida avtokonsern foydasi 1,91 trln so‘mni tashkil etdi, bu 2023-yilga nisbatan 65,2%ga ko‘pdir.
“UzAuto Motors” daromadi 23,42 trln so‘mga (o‘sish 6,4%), sotilgan mahsulot tannarxi esa 18,97 trln so‘mga (pasayish 1,1%) teng bo‘ldi. Yalpi foyda yarim baravarga — 4,4 trln so‘mga oshdi.
Yilning birinchi yarmida taqsimlanmagan foyda 28,8%ga o‘sib, 8,54 trln so‘mni, o‘z kapitali esa 21%ga o‘sib, 11 trln so‘mni tashkil qildi.
Foyda, daromad va kapitalining o‘sishiga qaramay, avtomobil ishlab chiqaruvchisining aktivlari 11,8%ga — 36 trln so‘mdan 31,85 trln so‘mga qisqardi.
Birinchi chorakda “UzAuto Motors"ning sof foydasi 3,74 barobarga o‘sib, salkam 1,3 trln so‘mga yetgandi.
O‘tgan yilning dekabr oyi oxirida kompaniya 2024-yilga mo‘ljallangan butun hajm uchun 171 ming dona “Cobalt”, “Damas” va “Labo” avtomobillari uchun shartnoma tuzdi. Bundan tashqari, bahorda 42 ming dona Labo LB2 Plus va Damas mashinalarini onlayn sotuvga qo‘yib, bir soatdan kamroq vaqt ichida shartnoma tuzdi.
Avvalroq “UzAuto Motors” kompaniyasi Mo‘g‘ulistonga “Cobalt” avtomobillarini eksport qila boshlagani haqida xabar berilgandi.