Toshkent shahrida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik munosabati bilan 5-sentabrdan 3-oktabrgacha sovuq suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi. Bu haqda “Toshkent shahar suv ta’minoti” xabar berdi.

“2024 yil kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik bo‘yicha katta hajmli suvo‘tkazgich tarmoqlarida rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari olib borilishi munosabati bilan iste’molchilarga ichimlik suv bosimi pasayishi hamda vaqtincha bo‘lmasligi haqida ma’lum qilamiz”, deyiladi xabarda.

Sovuq suv ta’minoti o‘chirilish sanalari va manzillari bu yerda.

Qayd etilishicha, suv bo‘lmagan joylarga suv tashuvchi maxsus avtomashinalar yuboriladi.

“Toshkent shahar suv ta’minoti” ma’lumot uchun Markaziy dispetcherlik xizmatining +998712561095, +998712526008 telefon raqamlari yoki 1054 qisqa raqamlariga bog‘lanish mumkinligini ma’lum qildi.

2024-yildan ichimlik suv va oqova suvni chiqarib yuborish narxlari mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlar, tizimni rivojlantirish, moliyaviy xarajatlar, soliqlar va majburiy to‘lovlardan kelib chiqib shakllantirilishi belgilangan.