“Instagram” profil tavsifiga qo‘shiq ulab qo‘yish funksiyasini ishga tushirdi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi.

Funksiya ilovaning so‘nggi versiyasida mavjud bo‘lib, qo‘shiq qo‘shish va profil sozlamalarida ijro etish uchun 30 soniyalik parchani tanlash mumkin.

Qo‘shiq avtomatik ravishda ijro etilmaydi, sahifani ko‘rayotgan foydalanuvchilar qo‘shiqni ijro etishi va to‘xtatishi mumkin bo‘ladi.

Trekni profildan olib tashlash yoki boshqasiga almashtirish ham imkoniyati mavjud.

Foydalanuvchilar “profilni tahrirlash” sahifasiga o‘tish orqali qo‘shiq qo‘shishlari , u yerda ular “Instagram"ning litsenziyalangan musiqalar kutubxonasidan trekni izlashlari va tanlashlari mumkin.


Avvalroq “Spot” “Instagram” 20tagacha rasm va video yuklash funksiyasini qo‘shishi haqida yozgandi.

Ilgari foydalanuvchilar har bir karusel postiga 10tagacha kontent qo‘shishlari mumkin edi.

Shuningdek, “Instagram” foydalanuvchilarning sun’iy intellekt nusxasini yaratish funksiyasini qo‘shgani haqida xabar berilgandi.

Neyron tarmoq blogerlar nomidan obunachilar bilan shaxsiy chatlarda yoki postlarga izohlarda muloqot qila oladi.