Avvalroq Raqobat qo‘mitasi “Orient Group Management” va “UzOman” kompaniyalariga nisbatan ish qo‘zg‘atgandi.

Bunga ularning Toshkent viloyatidagi “Highway Logistics Centre” logistika kompaniyasidagi ulushlari qayta tuzilishi sabab bo‘lgan. “Orient Group Management” matbuot xizmati qo‘mita bilan yuzaga kelgan vaziyat hal etilganini ma’lum qildi.

Kompaniya bosh direktori v.v.b Davron Ozgurer bitimning asosiy parametrlari bo‘yicha kelishuvga erishilganini, huquqiy jihatlari tartibga solinganini qayd etdi.

Mazkur kompaniyalar tomonidan qo‘mita talabalari asosida choralar ko‘rilib, markazni rivojlantirish bo‘yicha rejalarni amalga oshirishga kirishildi.

“Bu haqiqatan ham keng ko‘lamli va ko‘p jihatdan o‘xshashi bo‘lmagan, xorijiy investitsiyalar va xalqaro brendlarni jalb etishga qaratilgan loyiha bo‘lsa-da, korxona hech qachon monopolistlar qatoriga kiritilishi mumkin emas”, — dedi Ozgurer.

“Orient Group Management” “Highway Logistics Centre” Qozog‘iston bilan chegara yaqinida joylashganligini ta’kidladi. Logistika majmuasiga A toifasidagi omborxonalar va yuk avtotransportlari uchun quruq port kiradi.

Korxona va tashkilotlarning yagona davlat reestri ma’lumotlariga ko‘ra, “Highway Logistics Center” 2017-yilning sentabrida tashkil etilgan va omborxona faoliyati bilan shug‘ullanadi. Hozirda kompaniyaning 50,9% nazorat paketi “Logistics Orient"ga (“Orient Group Management” tarkibiga kiruvchi), qolgan 49,1% “UzOman"ga tegishli.

USRPO ma’lumotlariga ko‘ra, Highway Logistics Center kompaniyasi 2017 yilda tashkil etilgan va ombor faoliyati bilan shug‘ullanadi. Endi kompaniyaning 50,9% “Logistics Orient” (Orient Grup Management tarkibiga kiruvchi)ga tegishli, qolgan 49,1% esa “UzOman"ga tegishli.

Raqobat qo‘mitasining “Spot"ga aniqlik kiritishicha, “Orient Group Management” belgilangan talablarni ixtiyoriy bajaradi.

Qo‘mita monopoliyaga qarshi organning oldindan roziligi olinmagani uchun jarimaga tortishga qaror qilgandi. Kompaniya esa bu borada sudga da’vo arizasi bilan murojaat etgandi.

Avvalroq Korzinka Raqobat qo‘mitasiga “eng arzon narx” reklamasidagi qoidabuzarliklar uchun jarima to‘lagani haqida xabar berilgandi.