“O‘zbekiston temir yo‘llari” kompaniyasi Toshkent-Moskva-Toshkent yo‘nalishida qatnovlarini qayta tiklamoqda. Bu haqda “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
Poyezd harakat jadvali quyidagicha:
Toshkentdan | Moskvadan |
24-sentabr | 28-sentabr |
2-oktabr | 6-oktabr |
10-oktabr | 14-oktabr |
26-oktabr | 30-oktabr |
2-noyabr | 6-noyabr |
18-noyabr | 22-noyabr |
26-noyabr | 30-noyabr |
4-dekabr | 8-dekabr |
12-dekabr |
Qatnovlar joriy yilning 24-sentabridan boshlanadi. Unga ko‘ra, Toshkentdan yo‘lovchi 505-sonli poyezd 19:55da harakatlanib, soat 23:12da Moskvaga yetib boradi. 506-sonli poyezd harakati esa Moskvadan 5:40da harakatlanib, Toshkentga 8:23da yetib keladi.
Mazkur yo‘nalishga yo‘lovchilar chiptalarni chegirma asosida xarid qilishlari mumkin. Ya’ni reys sanasidan qancha ko‘p kun oldin chipta xarid qilinsa, chegirma foizi shuncha yuqoriroq bo‘ladi.
Masalan yo‘lga chiqishdan 45 kun oldin xarid qilinganda platskart chiptasi narxi 2 456 360 so‘m, kupe uchun esa 3 328 370 so‘mni tashkil etadi.
2022-yilning iyunida Rossiya tomoni O‘zbekiston bilan temir yo‘l aloqasini tiklashga qaror qildi. Undan keyin Toshkentdan Samara va Volgogradga muntazam poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi.
Avvalroq Toshkent Shimoliy vokzalida chipta sotuvchi terminal ishga tushirilgandi. Yo‘lovchilar uning yordamida temiryo‘l kassalarida chiptalarni navbatlarsiz sotib olishlari mumkin.