Ozarbayjonning “Agalarov Development” kompaniyasi Toshkentda turar-joy majmuasini qurishni rejalashtirmoqda, deb xabar berdi tadbirkor Emin Agalarovga tegishli ko‘p tarmoqli kompaniya matbuot xizmati.
750 xonadonli premium apart-mehmonxona formatida ishlab chiqilgan loyiha 21 qavatli to‘rtta baland minora va 27 qavatli bosh minorani qurishni nazarda tutadi.
Investitsiya loyihasining qiymati $133 mlnni tashkil etadi, qurilishning faol bosqichi sentabr oyida boshlanadi.
Hududda puxta o‘ylangan infratuzilma, qulay avtoturargoh va obodonlashtirilgan hovli mavjud.
Hudud maydoni 1,98 ga, yalpi qurilish maydoni (GBA) 90 000 kvadrat metr, ijaraga olinadigan bino maydoni (GLA) — 60 000 kvadrat metr, shu bilan birga, 5400 kvadrat metr chakana savdo va xizmat ko‘rsatish joylari, gastronomik loyihalar va katta fitnes markazi bilan band bo‘ladi.
“Sentabr oyida biz qurilishning faol bosqichini boshlayapmiz. Loyihaning rejalashtirilgan muddati uch yildan ortiq emas. Bokudagi „Sea Breeze“ kurort shahrimizda bo‘lgani kabi, bu erda siz ko‘chmas mulkni ijaraga olish va pul ishlash uchun foydali sotib olishingiz mumkin. Men ushbu majmua Toshkentdagi eng ko‘zga ko‘ringan ko‘chmas mulk obyektlaridan biriga aylanishini istardim”, — dedi “Agalarov Development” kompaniyasi prezidenti Emin Agalarov.
Juma kuni prezidentlar Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyevning biznes vakillari bilan uchrashuvida Mirobod tumanida amalga oshirilishi rejalashtirilgan “Agalarov Residence” loyihasi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
“Agalarov Development” — biznesmen Emin Agalarovning ko‘p tarmoqli kompaniyasi bo‘lib, u 10 biznes yo‘nalishi va 60 dan ortiq loyihalarni ishlab chiqadi. Kompaniyaning flagman loyihasi “Sea Breeze” kurort shahri bo‘lib, u yerda allaqachon 2 mln kvadrat metrdan ortiq uy-joy sotilgan.
Avvalroq “Spot” O‘zbekiston va Ozarbayjon yetakchilari yangi loyihalarga start bergani haqida yozgandi.
Ozarbayjonning uchta hududida to‘qimachilik klasteri tashkil etiladi, Toshkent shahrida besh yulduzli mehmonxona quriladi