“WeStart: 3D Edition” ayollar startap loyihalari inkubatsiya dasturining 2-bosqichiga arizalar qabul qilinmoqda. Bu haqda “UEnter” tadbirkorlik innovatsiya markazi matbuot xizmati xabar berdi.

Loyiha “USAID's FGI” loyihasi, “KOICA”, “NIPA” ko‘magida tashkil etilmoqda. U g‘oya bosqichidagi ayollar startaplarini minimal hayotiy mahsulot (MVP) yaratish bosqichigacha qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.

Dasturga 3D-texnologiyalaridan foydalanishni talab qiladigan ayollar tashabbusi bilan boshlangan loyihalar taklif etiladi. Jumladan, (3D-printerlar, 3D-ruchkalar, 3D-skanerlar, vinil printerlar, lazerli kesish/gravirovka va boshqalar)

Ishtirokchilar 50 mln so‘mgacha grant jalb qilishlari, xalqaro ekspertlardan mentorlik yordamini olishlari mumkin. Shuningdek, ularga 3D-texnologiyalar yordamida MVP yaratish/ishlab chiqishga yordam beriladi.

“WeStart: 3D Edition"ning davomiyligi 1 hafta bo‘lib, joriy yilning 9−13 sentabr kunlari “UEnter” markazida davom etadi. Uning yakunida esa “Demo Day” bo‘lib o‘tadi. Dastur o‘zbek va ingliz tillarida olib boriladi.

Arizalarni 4-sentabrgacha havola orqali jo‘natish mumkin. Dastur haqida batafsil bu yerda.


Avvalroq Toshkentda o‘tkaziladigan “NASA Space Apps Challenge 2024” hakatoniga arizalar qabul qilinayotgani haqida xabar berilgandi.