Yangi billing tizimidan qanday foydalanish mumkin? Qo‘llanma
Tizimga ikki usulda — One ID yoki tuman kodi va shaxsiy hisob raqamni kiritish orqali kirish mumkin.
“Ayrimlar bunga shubha bilan qaramoqda” — Shavkat Mirziyoyev Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish haqida
Prezident proteksionizmdan teng raqobat muhiti va eksportga qaratilgan sanoat va savdo siyosatiga o‘tish kerakligini ta’kidladi.
Suv va ichimliklar ishlab chiqaruvchilari markirovkali mahsulotlarni agregatsiyalashni kechiktirishni so‘rashmoqda
Biznes chakana savdoning 1-noyabrdan kuchga kirishi kerak bo‘lgan yangi talabga tayyor emasligini ta’kidladi. Agregatsiya “jiddiy mablag‘lar"ni talab qiladi, ammo ishlab chiqaruvchilar bu amalda ishlamasa, uning maqsadga muvofiqligini ko‘rishmayapti.
Marketing assotsiatsiyasi asoschisi o‘zi bilan nimalar olib yuradi?
Mazkur materialda Diyor Mirzaahmedov ish stolida foydalanadigan va ryukzagida olib yuradigan narsalari haqida ma’lumot berdi.
Haftaning asosiy yangiliklari
- Qoraqalpog‘istonda $20 mlnlik dastlabki oltin koni o‘zlashtirilmoqda.
Hozirda 1 mln tonna ma’dan qayta ishlanib va ishlab chiqarilgan oltin Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga realizatsiya qilinmoqda. - Tadbirkorlar uchun elektr va gaz iste’molining 20%gacha oshgan qismiga bazaviy tarif saqlanib qoladi.
Tadbirkorlik reytingida yuqori va o‘rta toifadagi korxonalarga elektr uchun oldindan to‘lovni bir oyda ikkiga bo‘lib to‘lashga ruxsat beriladi. - 2025-yilda O‘zbekistonda Britaniyaning Vodafone mobil operatori ishga tushiriladi.
Loyiha qiymati 250 mln yevroni tashkil etib, uning doirasida Nokia uskuna va texnologiyalarni yetkazib berishda ishtirok etadi. - Prezident tadbirkorlar bilan muloqotda qanday takliflarni ilgari surdi?
Spot unda ilgari surilgan muhim taklif va tashabbuslarni bir joyga jamladi. - Yil boshidan buyon O‘zbekiston Rossiya va Turkmanistondan gaz importini 5 barobarga oshirdi
Iyul oyida Xitoyga tabiiy gaz eksporti 2,2 baravar kamaygan. Iyun oyida mamlakatga ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish $181,5 mlnni tashkil qilgan bo‘lsa, o‘tgan oyda bu $81,7 mlnga tushdi. - Sergelida gastronomik ko‘cha tashkil etish rejalashtirilmoqda.
1,2 km uzunlikdagi ko‘chada yengil konstruksiyalardan tayyorlangan kafe va fudtraklar o‘rnatiladi. Yo‘l bir tomonlama bo‘lib, avtoturargoh bepul bo‘ladi. - Toshkentda sentabr oyida sovuq suv ta’minoti vaqtinchalik o‘chiriladi
Ichimlik suvi 5-sentabr 3-oktabr kunlari rejali profilaktika-ta'mirlash ishlari o‘tkazilishi sababli ichimlik suvi navbatma-navbat vaqtincha o‘chiriladi. Hududlarga esa maxsus texnikalarda suv yetkazib beriladi. - Korzinka “Eng arzon narx” reklamasidagi qoidabuzarlik uchun jarima to‘ladi.
Raqobat qo‘mitasi ko‘rsatmalarni bajarish uchun supermarketlar tarmog‘iga 16-oktabrgacha muddat berdi. - “Ular Rossiya iqtisodiyotiga zarar yetkazmoqchi bo‘lishdi, biroq u o‘sib bormoqda” — Usmonov sanksiyalar haqida.
Milliarder savdo cheklovlari transmilliy kompaniyalar hisobiga faqat mahalliy va mintaqaviy biznesning mavqeini mustahkamlashini qayd etdi. - O‘zbekiston va Ozarbayjon Yevropaga yashil energiya yetkazib berishni tezlashtirmoqchi.
Ikki mamlakat yetakchilari yashil energiyani Yevropa mamlakatlariga eksport qilish bo‘yicha mintaqaviy loyihani amalga oshirishni tezlashtirishga kelishishdi.
Balton Trading Asia qanday ishlaydi: ichkaridan nigoh
O‘zbekistonda FMCG distribyutsiyasi bozorining yetakchi ishtirokchilaridan biri bo‘lgan Balton Trading Asia vakillari samarali logistika qurish sirlari bilan o‘rtoqlashib, logistika va saqlash xizmatlari kim uchun muhimligi haqida so‘zlab berishdi.
Siberian Wellness kompaniyaning barqaror rivojlanishi bo‘yicha yillik hisobotini taqdim etdi
Siberian Wellness kompaniyasi barqaror rivojlanish sohasidagi o‘z pozitsiyalarini mustahkamlashni davom ettirmoqda va ESG segmenti, korporativ ko‘ngillilik va atrof-muhitni muhofaza qilish loyihalariga investitsiyalar bo‘yicha yillik hisobotni taqdim etdi.
Endilikda Cambridge o‘quv markazi abituriyentlarga universitetga kirishda yordam ko‘rsatadi
Cambridge o‘quv markazi bir nechta nufuzli universitetlar bilan hamkorlik kelishuvini imzoladi.
ANORBANK to‘rt yoshini nishonladi
Bank to‘rt yilligi munosabati bilan O‘zbekiston moliyaviy xizmatlar bozorida erishgan yutuqlari va mavqeyi aks ettirilgan hisobot roligini taqdim etdi.