O‘zbekistonda dollarning rasmiy kursi pasaydi. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.

Regulyator Amerika valyutasining rasmiy kursini 12 669,65 so‘m etib belgiladi. Kun davomida kurs 18 so‘m 43 tiyinga pasaydi.

Bungacha dollar kursi 23-avgust, 22-avgust, 21-avgust, 16-avgust, 15-avgust, 14-avgust, 8-avgust, 7-avgust, 6-avgust, 5-avgust, 2-avgust va 1-avgust kunlari oshgandi. 15-may kuni dollar kursi rekord darajani qayd etib, 12 727 so‘mni tashkil etdi.

O‘tgan yilning 10-avgust kuni Amerika valyutasi birinchi marotaba 12 ming so‘m chegarasidan o‘tdi. Rasmiy kursning 400 so‘mga sakrashi 2018-yilda valyuta bozori liberallashganidan beri eng keskin ko‘tarilishdir.

Avvalroq “Spot” dollarning rasmiy kursi iyul oyida qanday o‘zgarganini tahlil qilgandi. Bundan tashqari, tahlilchi Timurmalik Elmuradov birinchi yarim yillikda dollar kursining o‘tgan yilga nisbatan kamroq qimmatlashuvi dollarning ko‘proq kelib tushishi hamda eksport o‘sishi kabilar bilan bog‘liq ekanligini qayd etgandi.