Yuk avtomobil haydovchilari Latviyaga ishga taklif etilmoqda. Bu haqda Migratsiya agentligi matbuot xizmati xabar berdi.
Unga “CE” toifaga ega yuk avtomobili haydovchilari ariza topshirishlari mumkin. Ish haqi — 1100 yevro.
Nomzodlar 18−55 yosh oralig‘ida, 1 yillik tajribaga ega bo‘lishi hamda rus yoki ingliz tilini muloqot darajasida bilishi kerak.
Shuningdek, sudlanmagan, xorijga chiqish taqiqlanmagan hamda sog‘lom bo‘lish talab etiladi.
Sug‘urta, hujjatlar va ish ruxsatnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish xarajatlari ish beruvchi hisobidan qoplanadi.
Fuqaro hisobidan esa agentlik xizmatlari, o‘qitish va ko‘niktirish, viza uchun to‘lov, aviachipta, ovqatlanish hamda yashash joyi xarajatlari qoplanishi kerak.
Nomzodlar havola ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Batafsil ma’lumotlarni 71 202−33−55 (ichki raqam 17), 71 200−00−61 yoki 1282 qisqa raqami orqali olish imkoniyati mavjud.
Avvalroq Migratsiya agentligi Rossiyaga borayotgan o‘zbekistonliklarni ogohlantirgandi. Mamlakatga borayotgan, hududda bo‘lib turgan yoki chiqib ketayotgan fuqarolardan xavfsizlik choralariga amal qilish so‘ralmoqda.