Qoraqalpog‘iston Raqobat qo‘mitasi “Nukus xalqaro aeoroporti” tomonidan o‘tkazilgan tenderda qonun talablariga rioya qilinganligini o‘rgandi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.
Natijasida, aeroport davlat xaridlari portali orqali amalga oshirgan 120 mln so‘mlik tanlovni o‘tkazishda “Davlat xaridlari” va “Raqobat to‘g‘risida"gi qonunlar talablariga rioya qilmaganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan qo‘mita Maxsus komissiyasi tomonidan “Raqobat to‘g‘risida"gi qonun talablarini buzish alomatlari bilan “Nukus xalqaro aeoroporti"ga nisbatan belgilangan tartibda ish qo‘zg‘atildi.
Shuningdek, natijasi yuzasidan komissiya aeroportga tegishli ta’sir chorasi qo‘llanildi.
Avvalroq Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi jarimaga tortildi. Zavodning 2,8 mlrd so‘mdan ortiq tenderida raqobatga oid qonunchilik buzilgani aniqlandi.
Shuningdek, “O‘zbekiston temir yo‘llari"ning Farg‘onadagi tuzilmalarini chiptalar narxini oshirib yuborgani uchun jarimaga tortgandi. “O‘ztemiryo‘lyo‘lovchi” va “Shahar atrofida yo‘lovchi tashish” korxonalari ortiqcha undirilgan 1,3 mlrd so‘mni iste’molchilarga qaytarib berishi kerak.