“Coinmarketcap” ma’lumotlariga ko‘ra, “Toncoin” kriptovalyutasi kursi “Telegram” asoschisi Pavel Durovning hibsga olingani haqidagi xabarlar fonida keskin tushib ketdi.
Toshkent vaqti bilan soat 11:36da bitta token taxminan $5,66 turadi. Oxirgi 36 soat ichida kriptovalyuta $1ga yoki 17%ga arzonlashdi, kapitallashuvi esa $2,65 mlrdga kamaydi.
24-avgustdan 25-avgustga o‘tar kechasi “Toncoin” taxminan $6,80 kursida taklif qilindi. Biroq Durovning hibsga olingani haqidagi xabardan keyin bir soat ichida (Toshkent vaqti bilan 01:40dan 02:40gacha) $6dan (-11,8%), yakshanba kuni tushdan keyin esa $5,40dan pastga tushdi.
“Toncoin” dastlab “Telegram"ning o‘z platformasi va “Gram” tokeni uchun asos bo‘lishi kerak bo‘lgan “TON” (ilgari Free TON) blokcheynida ishlaydi. Uning sinovi 2019-yilning bahorida boshlangan.
Loyiha AQSh rasmiylarining e’tiborini tortdi, shuning uchun Durov so‘roq qilindi. 2020-yilda $1,7 mlrd yig‘gan “TON” loyihasi Nyu-York sudi tomonidan yopildi.
Hozir “TON” “Telegram"da asosiy monetizatsiya platformasi sifatida foydalanilmoqda. Mualliflar o‘z kanallarida platforma tomonidan joylashtirilgan mahalliy reklama uchun “Toncoin"ga to‘lovlarni olib qo‘yishadi, shuningdek, foydalanuvchilardan olingan “yulduzlarni” ularga aylantirishlari mumkin.
Iyun oyi oxirida Qozog‘istonda Toncoin kriptovalyutasiga rasman ruxsat berildi.
Bu qarorga “Toncoin"ning “AFSA” tomonidan o‘rnatilgan tartibga solish standartlariga muvofiqligi aniqlangan keng qamrovli tekshiruvdan so‘ng kelingan.
Endilikda investorlar litsenziyalangan platformalarda mazkur raqamli aktiv bilan savdo qilishlari mumkin bo‘ladi.
Avvalroq “Spot” Turkiyada “Telegram” bloklanishi mumkinligi haqida yozgandi.
Messenjerning mamlakatda bloklanishiga qimor o‘yinlarini targ‘ib qiluvchi va giyohvand moddalarni sotuvchi kanallarni o‘chirish haqidagi ogohlantirishlarga eʼtibor bermaslik sabab qilib ko‘rsatilmoqda.