“Apple” kompaniyasining yangi mahsulotlar taqdimoti sanasi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda “The Verge” nashri xabar berdi.

“It's Glowtime” deb nomlangan taqdimot 2024-yil 9-sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:00da “Apple Park"dagi Stiv Jobs teatrida bo‘lib o‘tadi.

apple, taqdimot

Unda kompaniya iPhone 16 liniyasini taqdim etishi kutilmoqda. “Bloomberg” muxbiri Mark Gurman yangi model Pro versiyasida kattaroq ekran va suratga olish uchun maxsus tugmaga ega bo‘lishi mumkinligini aytdi.

“Apple” shuningdek, “Apple Intelligence” sun’iy intellekt vositalarini ham taqdim etishi mumkin.

Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, kompaniya “Apple Watch Series 10"ni ham namoyish etadi — u ingichka bo‘lishi mumkin, lekin diagonali kattaroq ekranga ega bo‘ladi, shuningdek, yangilangan AirPods” quloqchinlari ham taqdim qilinadi.


Avvalroq “Spot” “Apple” joriy yilning kuzida ikkita yangi “iPad” chiqarishi haqida yozgandi.

Kompaniya iPhone 16 bilan birgalikda “iPad mini” va standart “iPad"ni taqdim qilishi mumkin.