O‘zbekistonning moliya sohasidagi eng yirik IT kompaniyalaridan biri bo‘lgan Fido-Biznes MChJ islom moliyasi sohasida konsultatsiya xizmatlari ko‘rsatish va ushbu sohada ixtisoslashtirilgan treninglar o‘tkazish bilan shug‘ullanuvchi Islamic Business and Finance (IsBF) kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumini imzoladi. Imzolangan memorandumga ko‘ra, kompaniyalar bank-moliya sohasida islomiy moliya mahsulotlari va xizmatlarini ishlab chiqish, yetkazib berish va targ‘ib qilishda hamkorlik qiladi, shuningdek, ushbu sohada qo‘shma loyihalarni amalga oshiradi.

Bugungi kunda O‘zbekistonda islom bank-moliya sektorining rasmiy rivojlanishi asta-sekinlik bilan boshlandi. O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan mikromoliya tashkilotlariga islom moliyasi bilan shug‘ullanish imkoniyatini beruvchi me’yoriy hujjat qabul qilindi. Ushbu me’yoriy hujjatning qabul qilinishi mikromoliya tashkilotlari uchun islomiy moliyalasini (shariat tamoyillariga asoslangan moliyalani) qonuniylashtirdi.

fido-biznes, reklama

Fido-Biznes kompaniyasi yuqoridagi me’yoriy hujjat qabul qilinishidan oldinroq islom banklari, islomiy mikromoliya tashkilotlari (MMT) faoliyatining barcha jihatlarini, shuningdek, an’anaviy banklarning islomiy oynalari va islomiy moliyalashtirish bo‘yicha MMTlarni kompleks ravishda avtomatlashtiruvchi FB Islamic Window (“Islom oynasi”) dasturiy majmuasini ishlab chiqishni boshlagan. Memorandumning imzolanishi Fido-Biznes kompaniyasining ushbu yo‘nalishdagi ko‘p oylik sa’y-harakatlarining mantiqiy davomi bo‘lib, uning ushbu sohada yetakchi bo‘lishga intilishini tasdiqlaydi va ushbu ulkan loyihani amalga oshirish jarayoniga yangi sur’at qo‘shadi. Kompaniya rejalariga ko‘ra, ushbu dasturiy majmua oktabr oyining ikkinchi yarmida yakunlanishi va ehtimoliy mijozlarga taqdim etilishi kerak.

Islom moliyasi — bu tijorat banki yoki MMTning shariat tamoyillariga asoslangan moliyalashtirish faoliyati bo‘lib, hamkorlik va ijara konsepsiyasini o‘z ichiga oladi. An’anaviy moliyalashtirishdan farqli o‘laroq, islomiy moliyalashtirish bitimlarida ribo (foiz) elementlariga yo‘l qo‘yilmaydi va ma’naviy-axloqiy qadriyatlar hisobga olinadi. Birinchi bosqichda FB Islamic Window Murobaha va Ijara kabi mahsulotlarni taklif qiladi. Tizim rivojlanishi bilan uning funksional imkoniyatlari kengayadi (ikkinchi bosqichda Mudoraba, Mushoraka va Salam joriy etilishi rejalashtirilgan).

fido-biznes, reklama

FB Islamic Window`ning asosiy afzalliklari:

  • yangi mahsulotlarni ishga tushirish vaqtini sezilarli darajada qisqartirish imkonini beruvchi mikroservis arxitekturasi (Time To Market);
  • bank/MMT o‘zining mikroxizmatlar ko‘rinishida realizatsiya qilingan unikal mahsulotlarini tizimga joylashtirib, tizimning funksional imkoniyatlarini mustaqil ravishda kengaytirishi mumkin;
  • bank/MMTning IT infratuzilmasiga integratsiyalashga tayyorligi uni joriy etish muddatlarini sezilarli darajada soddalashtiradi va qisqartiradi;
  • FB Islamic Window mahalliy bozor uchun ishlab chiqilgani sababli uni joriy etish uchun mahalliylashtirish talab etilmaydi;
  • birinchi va ikkinchi darajadagi kecha-yu kunduz texnik yordam, “24/7” rejimida vendor texnik mutaxassislarining mavjudligi.

Fido-Biznes kompaniyasi islom moliyasi uchun xalqaro standartlarga javob beradigan va asosiy xususiyatlari bo‘yicha jahon darajasidagi yetakchi ishlab chiquvchi kompaniyalarning raqobatdosh mahsulotlaridan qolishmaydigan universal tizim yaratishni maqsad qilgan. Shu maqsadda avvalroq Pokistonning AlHamd kompaniyasi bilan o‘zaro anglashuv va hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Ushbu memorandumga muvofiq, AlHamd kompaniyasi ishlab chiqilayotgan islomiy dasturiy ta’minotning islom moliya institutlari buxgalteriya hisobi va auditi (AAOIFI) xalqaro standartlariga muvofiqligini nazorat qiladi va tegishli sertifikatni taqdim etadi.

Telefon: (+998) 78−150−65−50.

E-mail: info@fido.uz
Sayt: fido-biznes.uz
Instagram: @fb_careers
LinkedIn: linkedin.com/fido-biznes-uz

Reklama huquqi asosida.