Toshknet viloyatida 119,3 ming kub metr tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament matbuot xizmati xabar berdi.
Departamentning O‘rtachirchiq tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.
Unda YATT “T.R."ga qarashli fuqaro S.J. tijorat maqsadida 3 ta alyumin eritish qozonlarini o‘rta bosimli aholi gaz tarmog‘iga qo‘lbola gaz so‘rg‘ich moslamasi yordamida yashirincha ulanib olgani aniqlandi.
Buning natijasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilib, davlat va jamiyat manfaatlariga 214,7 mln so‘m zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Avvalroq “Spot” Farg‘onada 200 ming kub metrdan ortiq tabiiy gaz o‘g‘irlangani aniqlangani haqida yozgandi.
Qayd etilishicha, Marg‘ilon shahridagi atlas va adras matolari ishlab chiqarish sexi gaz qurilmalarini hisoblagichdan tashqari tabiiy gaz tarmog‘iga ulab olgan.