“Uzbekistan Airways” kompaniyasi qo‘shimcha aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda. Bu haqda aviakompaniya matbuot xizmati xabar berdi.

Mustaqillik bayrami bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan qo‘shimcha reyslar 6ta mahalliy yo‘nalish bo‘yicha amalga oshiriladi.

  • Toshkent — Nukus — Toshkent: 30-avgust, 1 va 3-sentabr;
  • Toshkent — Buxoro — Toshkent: 30, 31-avgust va 3-sentabr;
  • Toshkent — Termiz — Toshkent: 31-avgust va 2-sentabr;
  • Toshkent — Farg‘ona — Toshkent: 1-sentabr;
  • Toshkent — Namangan — Toshkent: 2-sentabr;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent: 31-avgust va 2-sentabr;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent: 1-sentabr;
  • Toshkent — Urganch — Toshkent: 3-sentabr.

Parvozlar jadvali bilan aviakompaniya saytida tanishish mumkin.

Aviachiptalarni havola orqali onlayn hamda “Uzbekistan Airways Sales” filialida yoki aviakompaniya agentlarida xarid qilish mumkin.


Avvalroq “Spot” “Silk Avia” mahalliy yo‘nalishlar uchun 15% chegirma e’lon qilganin haqida yozgandi.

Chegirma 31-avgustdan 3-sentabrgacha amalga qilib, chiptalarni 9-avgustdan sotib olish mumkin bo‘ladi.